20 Fevral 2022
878
Yoxannes Byo Pekin-2022 qishki Olimpiadasida eng koʻp medal toʻplagan sportchi boʻldi
Norvegiyalik taniqli biatlonchi Yoxannes Byo yakuniga yetgan Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlarida eng koʻp medal qoʻlga kiritgan sportchi boʻldi. Ushbu Olimpiadada u 4 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Undan keyingi oʻrinda 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan rossiyalik Aleksandr Bolshunov va 3 ta oltin hamda 2 ta bronza medaliga sazovor boʻlgan norvegiyalik boshqa bir biatlonchi Martu Roiseland joy olishdi.