18 Fevral 2022
1638
Obidxon Noʻmonov Tel-Aviv “Katta dubulgʻa” turniri vitse-chempioni
Isroil poytaxtida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi kun bellashuvlari yakuniga yetmoqda. Quvonarlisi, unda terma jamoamiz vakili Obidxon Noʻmonov shohsupaga koʻtarildi.
-73 kg vazn toifasida ishtirok etgan dzyudochimiz finalda ozarbayjonlik Hidoyat Heydarovga qoʻshimcha daqiqalarda imkoniyatni boy berib qoʻydi va kumush medal bilan musobaqani yakunladi. Bu Noʻmonov uchun “Katta dubulgʻa” turnirlaridagi ilk medal hisoblanadi.
Afsuski, bugun ishtirok etgan oʻrta vazn toifasidagi hamyurtlarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi. Ertaga ogʻir vazn toifasidagi polvonlarimiz tatamiga chiqishadi.