FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 Fevral 2022 3899

O‘zbekistonda skeyt assotsiatsiyasi tashkil etildi

So‘nggi davrda skeyt sport turlarining butun dunyoda rivojlanib borayotgani ma’lum. Birgina skeytbordingning Tokio-2020 Olimpiadasidan boshlab Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgani uning jahondagi o‘rni qanchalik ko‘tarilganidan dalolat bermoqda. Skeytbordchilar yana 2 yildan so‘ng Parij Olimpiadasida ham medallar uchun kurash olib borishadi.

Shuningdek, skeyt yo‘nalishdagi sport dasturlari mamlakatimiz yoshlari orasidagi sevimli mashg‘ulotlardan biri bo‘lib kelmoqda. Jahon arenalarida ushbu sportda ham vakillarimiz vatanimiz sharafini munosib himoya qilishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida Skeyt O‘zbekiston assotsiatsiyasi tashkil etildi. Assotsiatsiya Adliya vazirligi tasdig‘idan o‘tdi va rasman faoliyatini boshladi.

Assotsiatsiyaning tashkil etilishi skeytbord va roller sport turlari bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqalarda qatnashadigan yoshlarimizga yangi muvaffaqiyatlar eshigining ochilishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, mamlakatimizda ushbu sport turlariga ixtisoslashgan zamonaviy inshootlarni barpo etishga zamin yaratadi.

Text to speech