FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 Fevral 2022 2719

Tel-Aviv: Obidxon No‘monov faoliyatida ilk bor finalga yo‘l oldi

Isroilda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasining ikkinchi kuni hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Biroz avval -73 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan vakilimiz Obidxon No’monov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Namanganlik polvonimiz dastlab Dominikan vakilini mag‘lubiyatga uchratdi. Keyingi bahsda Rio-2016 Olimpiadasi finalchisi Rustam Orujov tatamiga chiqmagani uchun Obidxon chorak finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda u Germaniya, yarim finalda Qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, kechki dasturda chempionlik uchun kurashadigan bo‘ldi. Hamyurtimizga oltin medal uchun ozarbayjonlik Hidoyat Heydarov raqiblik qiladi.

Ta’kidlash joiz, No‘monov IJF tasnifidagi musobaqalarda shaxsiy dasturda hali shohsupaga ko‘tarilmagan. Faoliyatidagi dastlabki jiddiy finalda hamyurtimizga omad tilab qolamiz.

Text to speech