18 Fevral 2022 1686

Ayling Gu Xitoy uchun uchinchi medalini taqdim qildi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi kun dasturida medallar jamlanmasi o‘ynalmoqda. Xitoylik fristaylchi Ayling Gu bugun jamoasiga uchinchi medalini taqdim qildi.

Xafpayp dasturida qatnashgan yosh iqtidor egasi bugun ikkinchi oltin medalni rasmiylashtirdi. Avvalroq u boshqa dasturlarda 1 tadan oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, bugungi dasturda kanadalik sportchilar kuchli uchlikni yopib berishdi.

Fristayl, Freeski halfpipe, ayollar:
1. Ayling Gu (Xitoy)
2. Kassiye Sharpe (Kanada)
3. Rashel Karker (Kanada)

Ushbu sport turidagi ski kross dasturida shveysariyaliklar oltin va kumush medallarga egalik qilishdi. Rossiyalik Sergey Rizdik ROQ hisobiga yana bir bronza medalni keltirdi.

Fristayl, Ski Cross, erkaklar:
1. Rayyan Regez (Shveysariya)
2. Aleks Fiva (Shveysariya)
3. Sergey Rizdik (ROQ)

Biatlon bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi mass-start poygasi esa sportchilar uchun haqiqiy sinov bo‘ldi. Kuchli shamol ostida harakat qilgan biatlonchi qizlar bahsida merganlik mahorati chempionlik yo‘lidagi asosiy omil bo‘ldi. Bu borada fransiyalik Justin Bryuze-Bushe barcha raqibalaridan qobiliyatli ekanini ko‘rsatib, chempionlikni rasmiylashtirdi. Kumush va bronza medallari norvegiyalik biatlonchilarga nasib etdi.

Biatlon. Ayollar, mass-start
1. Justin Bryuze-Bushe (Fransiya)
2. Tiril Ekkxof (Norvegiya)
3. Marte Olsbu Royseland (Norvegiya)

Text to speech