Bokschilarimiz kuchli tarkib bilan "Stranja" musobaqasiga yo‘l olishdi
20-27 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks olamida katta nufuzga ega "Stranja" an’anaviy 73-Xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Bahslarda jahonning ko‘plab mamlakatlaridan bokschilar medallar uchun kurash olib borishadi. Musobaqa erkaklar o‘rtasida 13 ta, ayollar o‘rtasida esa 12 ta vazn toifasida tashkil etiladi. Turnirda qatnashuvchi terma jamoamiz a’zolari bugun musobaqaga yo‘l olishdi. Tarkibda Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov, jahon chempionati sovrindorlari Abdumalik Xalakov, Madiyar Saidrahimov kabi nomdor sportchilarni uchratish mumkin.
Terma jamoamiz Bolgariyaga quyidagi tarkibda jo‘nab ketishdi:
Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Sohiba Ruzmetova
-75 kg: Mavluda Mavlonova
Erkaklar:
-52 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63 kg: Mujibillo Tursunov
-69 kg: Jahongir Rahmonov
-75 kg: Saidjamshid Jaffarov
-81 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Madiyar Saidraximov
+92 kg: Lazizbek Mullajonov
Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘zioxunov, Davron Gafurov, Abduvoxid Jalolov, Elshod Rasulov, Ilyas Rahimjanov, Xamza Avezov, Islom Tadjibayev.
Shifokor: Komiljon Rasulov
Hamyurtimiz Bekjon Yusupov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.