Alamjon Mullayevni tabriklaymiz!
Bugun Osiyo sambo uyushmasi prezidenti, xalqaro sambo federatsiyasi vitse-prezidenti, Osiyo karate federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston karate WKF federatsiyasi raisi Alamjon Mullayev oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Alamjon Toʻxtasinovich Mullayev 1968-yil 18-fevral kuni Samarqand shahrida tugʻilgan. Faoliyati davomida oʻzbek sporti, xususan sambo, taekvondo va karate yakkakurash turlari rivojiga katta hissa qoʻshgan. U kishi 2004-2010-yillar Oʻzbekiston taekvondo WTF federatsiyasi bosh kotibi, keyinchalik raisi sifatida ishlagan. Hozirda karate va sambo federatsiyalari rahbariyatida samarali faoliyat olib bormoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Alamjon Mullayevni tavallud ayyomi bilan qutlab, u kishiga uzoq va sihat-salomatlik tilab qoladi.