18 Fevral 2022 1563

Toshkent Osiyoning yosh qilichbozlarini chorlaydi

24-fevraldan 4-martga qadar poytaxtimizda oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasida qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Unda qitʼamizning eng kuchli yosh iqtidorlarini birgalikda kashf etamiz.

Musobaqada Osiyoning 25 dan ziyod mamlakatlari vakillari gʻoliblik uchun bahs olib borishadi. Shiddatli va murosasiz kechadigan boʻlajak chempionatda terma jamoamiz vakillariga muxlislik qilamiz.

Oʻzbek sporti ishqibozlarini ushbu musobaqada terma jamoamiz vakillarini qoʻllab-quvvatlashga chorlab qolamiz.

Text to speech