17 Fevral 2022 1924

Taxmina Ikromova Moskvadagi xalqaro turnirda bronza medalini qoʼlga kiritdi

Badiy gimnastika boʼyicha Gran-pri doirasida boʼlib oʼtgan xalqaro turnirda Oʼzbekistonlik gimnastikachilar ham oʼz imkoniyatlarini sinovdan oʼtkazishdi. Ushbu nufuzli musobaqada jahon miqyosidagi kuchli raqiblar bilan bir qatorda, Oʼzbekiston terma jamoasi vakili Taxmina Ikromova ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda shohsupaning uchinchi pogʼonasiga koʼtarilishga muvaffaq boʼldi. 

Birinchi va ikkinchi oʼrinlarni mos ravishda musobaqa mezbonlari Irina Annenkova va Alina Perfilьeva egalladilar. Yana bir yurtdoshimiz Yosmina Rahimova esa 6-oʼringa sazovor boʼldi.

Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi mamlakat gimnastika federatsiyasi va sportchilarimizni ushbu musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan qutlab qoladi.

Text to speech