FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
17 Fevral 2022 2898

Yoshlarni jismonan chiniqtirish ularni sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tumanda bir qator sport va milliy oʻyinlar musobaqalari tashkil qilib kelinmoqda

Ayni paytda Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Davlatobod tumanini “Sportchilar shaharchasi”ga aylantirish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini taʼminlash, aholi va yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida tuman hududida yangi sport inshootlari tashkil qilish, amalda mavjud boʻlganlarini qayta jihozlash hamda har bir MFY hududida salomatlik yoʻlakchalari, shuningdek, sportning ayni bir turiga ixtisoslashgan maskanlar tashkil qilish yuzasidan “YOʻL XARITA”lari ishlab chiqilib, tegishli choralar koʻrilmoqda.

Ana shu ishlarni amalga oshirish yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Anvarjon Tojimirzayev, viloyat Yoshlar ishlari agentligi rahbari Baxtiyor Mirzaatov va tegishli tashkilotlar ishtirok etishdi.

Maʼlumot uchun oʻtgan davrda tumanda 4 ta “Salomatlik yoʻlaklari”, “Toʻquvchi”, “Orzu”, “Yuqori Gʻirvon”, “Porloq”, “Oʻrta rovuston”, “Navbahor”, “Yuqori Rovuston”, “Yelxon” kabi 12 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida Work out, Streetball kabi sport maydonlari hamda qiymati 15 mln soʻm boʻlgan 17 dona sport inventarlari aholi va yoshlar uchun foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, Davlatobod tumanidagi 91 sonli umum taʼlim maktabiga qiymati 60 mln soʻm boʻlgan sport anjomlari, zarur vositalar homiylik mablagʻlari xisobidan ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Namangan viloyati bosh boshqarmasi

Text to speech