17 Fevral 2022 1094

Samarqandda shaxmatni yanada rivojlantirish va yirik musobaqalar o'tkazish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov raisligida o'tkazilgan "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Samarqandda shaxmatni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda ushbu sport turini rivojlantirish va ommalashtirish, bo'lajak grossmeysterlarni eng yuqori darajada tayyorlash bo'yicha ishlarni tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Shuningdek, Aziz Abduxakimov viloyatda shaxmatchilarni tayyorlash bo'yicha mavjud taklif va muammoli masalalar bilan qiziqdi.

Samarqand viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi

Text to speech