17 Fevral 2022 6021

MOQ Ijroiya qoʼmitasining navbatdan tashqari yigʼilishi boʼlib oʼtdi

Bugun Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi Ijroqoʼmining navbatdan tashqari yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Kun tartibidan oʼrin olgan asosiy masala 2019-yilning may oyidan beri MOQ raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonovning oʼz hohishiga koʼra yozgan arizasini koʼrib chiqish edi. 

Yigʼilishda soʼzga chiqar ekan, R.Shobdurahmonov soʼnggi yillarda davlat rahbarining jismoniy tarbiya va sportga qaratayotgan ulkan eʼtibori, sohada amalga oshirilayotgan keng koʼlamdagi islohotlar, yaratib berilayotgan sharoitlar, mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va sogʼlom turmush tarzini targʼib qilishdagi xizmatlarini alohida eʼtirof etdi va buning uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirdi. 

Oʼz navbatida R.Shoabdurahmonovning arizasi Ijroqoʼm aʼzolari tomonidan qabul qilindi. 

Milliy Olimpiya qoʼmitasiga yangi rahbar MOQning navbatdan tashqari Bosh Аssambleyasi yigʼilishda saylanadi.

Text to speech