17 Fevral 2022 1698

Ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida Shayxontohur tumanidagi yoshlar o'rtasida sport musobaqalari bo'lib o'tdi

Ommaviy sportni rivojlantirish, aholini, ayniqsa, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Shayxontohur tumanidagi 4-sektor mahallalar hududida istiqomat qiluvchi yoshlar o'rtasida tumandagi 254-maktab sport zalida sportning stol tennis turi bo'yicha, 1-sektor mahallalar hududida istiqomat qiluvchi yoshlar o'rtasida tumandagi 299-maktab sport zalida, 2-sektor mahallalar hududida istiqomat qiluvchi yoshlar o'rtasida tumandagi 59-maktab sport zalida hamda tumandagi 324-maktab sport zalida, 3-sektor mahallalar hududida istiqomat qiluvchi yoshlar o'rtasida tumandagi 186-maktab sport zalida sportning voleybol turi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqalarning har birida 30-40 nafar yoshlar ishtirok etdilar.

Manba: Shayxontohur tumani turizm va sport bo’limi 

Text to speech