17 Fevral 2022 1457

Beshariqdagi sport tadbirlari

Мahalla yoshlari o‘rtasida Beshariq tumanida ikkita yirik sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. Birinchisi, «Viloyat hokimi kubogi» uchun sportning voleybol turi bo‘yicha “Beshariq” MFY da saralash bosqichlari tashkil etilgan bo‘lsa, ikkinchisi “Beshkapa” MFYda «Viloyat DXX rahbari kubogi» uchun mahallalararo tashkil qilingan futbol musobaqalari bo‘ldi.

Birinchi tadbirda tasdiqlangan reja grafik asosida, yaqin atrofdagi 10 ta jamoa ishtirok etdi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqalarda shu kunning o‘zida g‘oliblar aniqlandi. O‘yinchilarning yoshlariga qarab o‘tkazilgan o‘yinlarda 3-o‘rin 1997 yilda tug‘ilgan bollar jamoasiga, 2-o‘rin 1995 tug‘ilgan bollar jamoasiga va 1-o‘rin 1994 yilda tug‘ilgan yoshlar jamoasiga nasib qildi. G‘oliblarga tuman hokimining sovg‘alari va diplomlari topshirildi.

Ikkinchi tadbirda ham 10 ta jamoa ishtirok etib, g‘oliblar nomi maʼlum bo‘ldi. 3-o‘rin 1991 yilda tug‘ilgan jamoaga, 2-o‘rin 1993 yillar jamoasiga, 1-o‘rin esa 1995 yilda tug‘ilgan yoshlar jamoasiga nasib etdi.

Manba: Farg`ona viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi

Text to speech