16 Fevral 2022 1356

Uchquduq tumanida Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlanib sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Uchquduq tuman "Kelajak" yoshlar markazida Turizm va sport bo‘limi va tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi tashabbusida aholi sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirib, belgilangan karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda Zaxiriddin Muxammad Boburning 539-yilligini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida Uchquduq tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabining 2022-yilgi taqvim rejasiga asosan stol tennisi bo‘yicha 2010-yil tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida tuman birinchiligi musoboqasi o‘tkazildi.

Мusobaqada Uсhquduq "Lochin" SSM, Uchquduq bolalar-o‘smirlar sport maktabi jamoalari ishtirok etdi. Мusoboqada 24 nafar sportchi ishtirok etdi.

Musoboqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Manba: Navoiy Turizm va sport bosh boshqarmasi 

Text to speech