16 Fevral 2022 2696

17 yoshida "Turkish Open"da kumush medalini qo'lga kiritgan Najmiddin Qosimxojiyev bilan suhbat

"Turkish Open" xalqaro musobaqasida ishtirok etib, kumush medaliga ega chiqqan 17 yoshli Najmiddin Qosimxojiyev

"2004-yil 28-avgust kuni tug'ilganman, taekvondo sport turiga yoshligimdan qiziqqanman, birinchi murabbiyim Sobir Nazaraliyev qo'l ostida shug'ullanib, katta bo'ldim.

"Turkish Open" musobaqasi men uchun kattalar o'rtasidagi ilk xalqaro musobaqa bo'ldi. Menga ishonch bildirgan terma jamoa murabbiylar shtabiga rahmat aytaman.
Mana shu musobaqada sovrindor bo'lganimdan juda xursandman. Turnir davomida jami 6ta jang qildim, oxirgi uchta bahsni koreyaliklarga qarshi o'tkazdim. Barchasining yoshi mendan katta edi. Finalda menga ozgina tajriba yetishmadi deb o'ylayman, Xudo xohlasa keyingi musobaqalarda albatta kumush medalimni oltinga o'zgartiraman!", - deydi Najmiddin Qosimxojiyev.

Manba: TURIZM VA SPORT BOSH BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI

Text to speech