FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Fevral 2022 3615

Isroil Madrimov va Yekaterina Voroninani tabriklaymiz!

Bugun taniqli bokschimiz Isroil Madrimov va yengil atletika bo‘yicha terma jamoamiz vakili Yekaterina Voronina o‘z tavallud ayyomini nishonlashmoqda.

Isroil Modraximovich Madrimov 1995 yil 16 fevral kuni Xorazm viloyatida tug‘ilgan. -75 kg vazn toifasida 2017 yil Osiyo chempionati, 2018 yil Osiyo o‘yinlari g‘olibi. Bokschimiz Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz bayroqdori bo‘lgan. Ayni paytda professional boksda «The Dream» nomi ostida tanilayotgan Madrimov 8 ta jang o‘tkazdi va ularning barchasida g‘alaba qozonishga erishdi.

Yekaterina Aleksandrovna Voronina 1992 yil 16 fevral kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Yetti kurash bo‘yicha 2014 yil Osiyo o‘yinlari, 2015 yil Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Besh kurash va yetti kurash bo‘yicha O‘zbekiston rekordchisi. Rio-2016 hamda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi har ikki sportchimizni ham bugungi ayyom bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik va yangi muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech