16 Fevral 2022 1853

Safina Sadullaeva Slovakiyadagi turnirda shaxsiy rekordini yangilab, Olimpiada chempionini ortda qoldirdi

Yengil atletika boʼyicha Oʼzbekiston terma jamoasi vakili Safina Sadullaeva Yevropa turnirlaridagi ishtirokini davom ettiradi. Bu gal hamyurtimiz Slovakiyadagi musobaqada qatnashdi. 

Garchi Sadullaeva sovrinli oʼrinlarga ilina olmagan boʼlsa ham, bir qator ahamiyatli natijalarni qayd etdi. Jumladan, bundan avval Chexiyada qayd etgan 1.92 metr natijasini 1 smga yaxshilashga muvaffaq boʼldi. Qayd etish joiz, bu Osiyo qitʼasi vakilalari orasida mavsumdagi eng yuqori koʼrsatkich boʼlib turibdi. 

Musobaqa anʼanaga muvofiq, yopiq inshootda “Banskobystrická latka” musiqasi ostida oʼtkazildi. 1.93 m natija bilan hamyurtimiz toʼrtinchi pogʼonani egalladi. Safina qoʼshimcha koʼrsatkichlar evaziga Olimpiada chempioni rossiyalik Mariya Lasitskeneni ham ortda qoldirishga muvaffaq boʼldi. Gʼolib va sovrindorlar roʼyxati: 

“World Athletics Indoor Tour Silver”, Slovakiya

Balandlikka sakrash, ayollar:

1. Eleanor Patterson (Аvstraliya) – 1.99

2. Yaroslava Maguchix (Ukraina) – 1.96

3. Mariya Vukovich (Chernogoriya) – 1.96

4. Safina Sadullaeva (Oʼzbekiston) – 1.93

Text to speech