FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
15 Fevral 2022 2481

Komiljon To‘xtayev: “Gigant slalomdagi ishtirokim menga yanada ishonch bermoqda”

Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Komiljon To‘xtayev ertaga slalom dasturidagi chiqishi bilan musobaqadagi ishtirokiga yakun yasaydi. Bugun sportchimiz italiyalik murabbiyi Mattia Jianessi bilan so‘nggi tayyorgarlikni olib bordi. Quyida ularning ertangi start oldidan fikrlarini havola qilamiz:

Mattia Jianessi: “Gigant slalomdagi ishtirokimizdan ko‘nglim to‘ldi. Oldimizga qo‘ygan maqsadga yetisha oldik. Albatta, yevropalik sportchilar bilan bunday raqobat olib borishning o‘zi emas. Ertaga bo‘lib o‘tadigan slalomda ham eng yaxshi natijamizni ko‘rsatishga harakat qilamiz”.

Komiljon To‘xtayev: “Eng murakkab davr ortda qoldi. Asosiysi birinchi dasturni muvaffaqiyatli yakunlab olish edi. Gigant slalomdagi ishtirokim menga yanada ishonch bermoqda. Bu energiya menga slalomda biroz tavakkallik bilan tezlikni oshirishga chorlayapti. Nasib qilsa, ertaga ham ko‘ngildagidek ishtirok etib, ushbu Olimpiadadagi ishtirokimga chiroyli yakun yasayman”.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz ertaga Toshkent vaqti bilan soat 07:15 da birinchi startini amalga oshirishsa, 10:45 da ikkinchi bor trassaga chiqadi.

Text to speech