15 Fevral 2022 1304

Yaqin kunlarda gandbolchilarimiz uchun yangi zal foydalanishga topshiriladi

Xabar berganimizdek, bugun MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov bilan birgalikda Respublika Olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurib, suzuvchilarimizning tayyorgarligi bilan yaqindan tanishishgan edi. Mutasaddilar tashrif bahonasida kollej hududida qad rostlayotgan yangi gandbol zalini ham ko‘zdan kechirishdi.

Hozirda yangi zalni foydalanishga topshirish bo‘yicha so‘nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ushbu ko‘rkam arena yaqin kunlarda tantanali ravishda gandbolchilarimiz ixtiyoriga topshiriladi. Ma’lum bo‘lishicha, hozirda xorijdan olib kelingan kerakli uskuna va jihozlar o‘rnatilmoqda va majmua ochilish marosimiga tayyorlanmoqda.

Ushbu zalning ochilishi gandbol spotining yurtimizdagi rivojlanishi, terma jamoalarimizning jahon darajasiga chiqishi yo‘lida katta turtki bo‘ladi.

Mutasaddilar tashrif davomida mashg‘ulot olib borayotgan yosh sportchilarimiz bilan ko‘rishib, ularga o‘zining iliq tilaklarini bildirishdi.

Text to speech