15 Fevral 2022 1873

Olmaliqda gandbolchi yoshlarimiz bellashishdi

Maʼlumki, Olmaliqda gandbol musobaqalarini oʼtkazish uchun barcha sharoitlar mujassam. Ushbu shahar bir necha kun davomida oʼsmirlar oʼrtasidagi mamlakat chempionatining saralash bosqichiga mezbonlik qildi.

Musobaqa 2006-2007 yillarda tugʼilgan yoshlar oʼrtasida tashkil etildi. Unda Piskent, Quyichirchiq, Bekobod tumanlari hamda Olmaliq shahridan qizlar jamoalari ishtirok etdi. Yakunda Bekobod tumani jamoasi gʼolib boʼlib, Oʼzbekiston chempionatiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.

Text to speech