15 Fevral 2022 1972

Bo‘stonliqda “Chimgan challenge-2022” xalqaro sport festivali o‘tkaziladi

16-18 fevral kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi va Qishki sport turlari assotsiatsiyasi hamkorligida “Chimgan challenge-2022” qishki ekstremal va ommaviy sport festivali bo‘lib o‘tadi.

Shaxmat, badminton, snoubord, tog‘ chang‘isi, mini futbol sport turlari, shuningdek milliy xalq o‘yinlarida o‘z omadini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan turli korxona va tashkilotlarning sport targ‘ibotchilari va xorijlik mehmonlar “Yoshlar oromgohi”ga joylashtirilib, ular uchun sport musobaqalari tashkil etiladi.

Text to speech