15 Fevral 2022 1075

Buxoroda O‘zbekiston chempionatiga saralash musobaqasi o‘tkazildi

10-12 mart kunlari Samarqand shahrida dzyudo bo‘yicha 2002-2003 yillarda tug‘ilganlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida ushbu musobaqa oldidan saralash bellashuvlari, viloyat birinchiliklari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyati dzyudochilari uchun ham saralash turniri bo‘lib o‘tdi va unda 150 nafardan ziyod yoshlar O‘zbekiston chempionatiga beriladigan yo‘llanmalar uchun tatamiga chiqishdi.

Text to speech