Sirdaryoda voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida 7-13 fevral kunlari voleybol bo‘yicha 2010 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Musobaqada viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan jami 350 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida kechgan bahslarda jami 13ta jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda o‘zaro musobaqalashdi. Musobaqaga faqat Surxondaryo viloyati vakillari yetib kelishmadi. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa 11ta jamoa ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra qizlar o‘rtasidagi bahslarda g‘olib va sovrindorlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Namangan viloyati;
2. Farg‘ona viloyati;
3. Sirdaryo va Toshkent viloyati.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda:
1. Andijon viloyati;
2. Qashqadaryo viloyati;
3. Sirdaryo va Toshkent viloyati.
Ushbu musobaqa 2025 yilda Toshkent shahrida o‘tkaziladigan o‘smirlar yozgi Osiyo o‘yinlariga seleksiya vazifasini o‘tab beradi.