14 Fevral 2022 3014

Boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionati xalqaro ekspertlar nigohida

Osiyo boks konfederatsiyasi matbuot xizmati Toshkentda o‘tkazilgan U-22 Osiyo chempionatida faoliyat olib borgan bir qator mutaxassislarning taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Musobaqada ishlagan xorijiy mutaxassislar O‘zbekiston mezbonlik qilgan chempionat yuqori saviyada tashkil etilganligi haqida fikr bildirishdi.

Jumladan, ochkolar hisoblash tizimi operatori sifatida ishlagan bolgariyalik Svetoslav Sapundjiyev ilk bora o‘tkazilgan U-22 Osiyo chempionati yuqori darajada tashkil etilganligi va O‘zbekistonga ilk tashrifi ajoyib taassurotlar qoldirganligini e’tirof etgan (https://www.facebook.com/ASBC.Official/posts/5216259378392821).

 

Hakamlar baholovchisi sifatida faoliyat olib borgan avstraliyalik Ueyn Rouz esa O‘zbekistondagi mahalliy tashkiliy qo‘mita tomonidan katta hajmdagi ish bajarilganini ta’kidlab o‘tgan (https://www.facebook.com/ASBC.Official/posts/5220011491350943).

 

Ukrainadan yurtimizga tashrif buyurib, ITO (Xalqaro texnik rasmiy) xodim sifatida ishlagan Polina Shtifurina bu boks oilasi vakillari uchun ajoyib voqelik bo‘lgani haqida gapirdi. Shuningdek, ochilish va taqdirlash marosimlari ajoyib tarzda tashkil etilganligiga e’tibor qaratdi (https://www.facebook.com/ASBC.Official/posts/5223402431011849).

 

Musobaqa bosh hakami o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan iordaniyalik Valid Jarrar tashkiliy qo‘mita, rasmiylar, hakamlar va boshqa xodimlarning mehnatini qayd etib o‘tgan (https://www.facebook.com/ASBC.Official/posts/5226336147385144).

 

Osiyo chempionati bosh hakami sifatida faoliyat olib borgan ruminiyalik Viorel Sima ham musobaqadan taassurotlari katta ekanligini aytdi. U mazkur musobaqa o‘zi so‘nggi yillarda ko‘rgan eng yuqori saviyadagi chempionatlardan biri ekanligini ta’kidladi (https://www.facebook.com/ASBC.Official/posts/5241974335821325).

 

Qit’a boks konfederatsiyasi matbuot xizmati tashkilot vitse-prezidenti, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov bilan intervyuda mazkur chempionatning tashkiliy jihatlari, uning JCh-2023ga tayyorgarlikning bir qismi ekanligi va navbatdagi rejalarga to‘xtalib o‘tilgan (https://www.facebook.com/ASBC.Official/posts/5245172938834798).

Text to speech