26 May 2021 484

Yigitlarimiz mag‘lubiyatsiz odimlashmoqda

BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Hozirda musobaqaning chorak final bellashuvlari o‘tkazilyapti.

Ortda qolgan kun doirasida 8 nafar vakilimiz yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilib, ulardan 6 tasi ishonchli g‘alabaga erishdi. Hozirda yigitlarimiz musobaqani mag‘lubiyatsiz davom ettirishmoqda. Qizlarimizdan Tursunoy Rahimova hamda Rayhona Qodirova musobaqani ushbu nuqtaga yakunlashdi.

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Hoshim Jaffar (Iroq) 5:0
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Uddin Muhammad Hussan (Hindiston) 4:1
-64 kg: Elnur Abduraimov – Muhammad Sulton (Afg‘oniston) 5:0
-91 kg: Sanjar Tursunov – Qodir Abdul (Afg‘oniston) 5:0
-48kg: Gulasal Sultonaliyeva – Ilangaratxa Rasmika (Shri-Lanka) 5:0
-51 kg: Tursunoy Rahimova – Nazim Kuzibay (Qozog‘iston) 2:3
-57 kg: Sitora Turdibekova – Keshani Kasxuriarachchi (Shri-Lanka) 5:0
-60 kg: Rayhona Qodirova – Simranjit Batx (Hindiston) 1:4

Bugun chorak final doirasida yana 6 nafar vakilimiz jang qiladi. Reglamentga ko‘ra, bugun faqat erkaklar o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tadi.

-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Ramish (Afg‘oniston)
-60 kg: Abdumalik Xalakov - Abdurahmon Yoqubov (Tojikiston)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Rustambek Nuradin Uli (Qirg‘iziston)
-75 kg: Saidjamshid Jaʼfarov - Begjigit Omurbek Uli (Qirg‘iziston)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov - Nassir Said (Qatar)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Siyovush Zuhurov (Tojikiston)

Text to speech