Dzyudo bo‘yicha Toshkent shahar chempionati o‘tkazildi
Poytaxtimizda dzyudo boyicha 2002-2003 yilda tug‘ilgan yoshlar va qizlar o‘rtasida Toshkent shahar birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqaning maqsadi sportchilarni dzyudo sport turiga jalb qilish natijasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi o‘rtasida ommalashtirish va uni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekistonda dzyudo sport turi buyicha sportchilarning mahoratini oshirishdir.
Musobaqa Toshkent shahri hududlaridagi barcha turdagi sport ta’lim muassasalari, sport tashkilotlari va jamiyatlarida turli yosh toifalarida dzyudo sport turi bo‘yicha sportchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlash va ularni saralab olish, Toshkent shahri terma jamoasi tarkibini shakllantirish, trener va hakamlarning malakasini oshirish, o‘tkaziladigan bellashuvlarning natijalarini tahlil qilish orqali kamchiliklarni bartaraf etish yo‘lida xizmat qiladi.