FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Fevral 2022 3229

Taekvondochilarimiz “Turkish Open” turnirini uchta medal bilan yakunlashdi

Turkiyaning Antalya shahrida taekvondo WT bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz turnirni uchta medal bilan yakunladi.

Ta’kidlash joiz, -68 kg vazn toifasida qatnashgan Najmiddin Qosimxo‘jayev mutaxassislarda iliq taassurot qoldirdi. Finalgacha yo‘lni mardonavor bosib o‘tgan yosh sportchimiz hal qiluvchi bahsda koreyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.

-80 kg vaznda Shuhrat Salayev finalda polshalik Szimon Piatkovskiga imkoniyatni boy berib, jamoamiz hisobiga yana bir kumush medalni taqdim qildi. Eng og‘ir vazn toifasida (+87 kg) Shohruh Rajabov bronza medali sohibi bo‘ldi. Rajabov yarim finalda Olimpiya chempioni ozarbayjonlik Radik Isayevga imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi va sportchilarimizni ushbu musobaqada qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlab qoladi.

Text to speech