14 Fevral 2022 1332

Kunning ilk oltin medallari AQSh va Fransiyaga nasib etdi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida 10-kun bahslari boshlandi. Dastlab bobsley va figurali uchish bo‘yicha medallar o‘ynaldi.

Ayollar o‘rtasida kechgan yakkalik bobsley dasturida oltin va kumush medallar AQSh jamoasiga nasib etdi. Kuchli uchlikni kanadalik bobsleychi yopib berdi.

Figurali uchishning muz ustida raqs dasturida esa fransuz juftligi g‘alaba qozondi. ROQ va AQSh vakillari mos ravishda kumush hamda bronza medallariga ega chiqdilar.

Bobsley. Ayollar, yakkalik.
1. Keyli Xamfrays (AQSh)
2. Yelena Teylor (AQSh)
3. Kristin de Byuyn (Kanada)

Figurali uchish, muz ustida raqs.
1. Gabriella Papadakis / Giyom Sizeroni (Fransiya)
2. Viktoriya Sinitsina / Nikita Katsalapov (ROQ)
3. Medison Xubel / Zaxari Donoxu (AQSh)

Text to speech