13 Fevral 2022 1523

Germaniya yetakchilikni boy berdi, AQSh kuchli uchlikda

Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida bugungi medallar o‘z egalarini topdi. So‘nggi dasturda qo‘lga kiritilgan oltin medal AQShni kuchli uchlikka olib chiqdi.

Ahamiyatlisi, umumjamoa hisobida peshqadam o‘zgardi. Bir necha kun yakunda nemislarning yetakchilikni ilib ketish “an’anasi” bugun tugadi. Biatlonda qo‘lga kiritilgan medallar Norvegiyani yana birinchi pog‘onaga olib chiqdi. Kuchli o‘nlik esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Oltin – kumush – bronza – jami

1. Norvegiya – 9-5-7 (21)
2. Germaniya – 8-5-1 (14)
3. AQSh – 6-5-1 (12)
4. Niderlandiya – 6-4-2 (12)
5. Shvetsiya – 5-3-3 (11)
6. Avstriya – 4-6-4 (14)
7. ROQ – 4-5-8 (16)
8. Xitoy – 4-3-2 (9)
9. Shveysariya – 3-0-5 (8)
10. Fransiya – 2-6-2 (10)

Text to speech