13 Fevral 2022 1345

Kosonsoyda Mustaqillik tengdoshlari g‘alaba qozonishdi

Kosonsoy tumani «Yangiyo‘l» mahallasida uyushmagan yoshlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha turnir tashkil etildi. Unda mahallaning sportsevar yoshlari g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.

Reglamentga ko‘ra, turnir barcha yosh toifalaridan iborat yoshlar ishtirokida o‘zaro o‘tkazildi. Yakunda 1991 yil tug‘ilgan mahalla yoshlari ushbu sportda tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishdi.

Mazkur tadbirda so‘z olgan Kosonsoy tumani hokimi o‘rinbosari Alisher Sheraliyev musobaqa ishtirokchilariga faollik uchun o‘z minnatdorchiligini yo‘lladi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, turnirda 80 nafardan ortiq uyushmagan aholi va yoshlar ishtirok etishdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech