Kun yakuni norveglar uchun yana alamli xotima topdi
Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida sakkizinchi kun bahslari yakuniga yetdi. Ahamiyatlisi, bugun ham Germaniya termasi umumjamoa hisobidagi peshqadamlikni saqlab qoldi.
Yanada eʼtiborlisi shundaki, toʻrt kundan beri Norvegiya kunduzgi bahslarda yetakchilik qilib keladida, kechki dasturdagi oltin medalni “ilib” ketgan nemislar peshqadamlikni skandinavlardan tortib olmoqda. Bugun ham norveglarning quvonchini soʻnggi dasturda germaniyalik skeletonchi Anna Nize yoʻqqa chiqardi. Medallar jamgʻarish boʻyicha kuchli oʻnlik:
1. Germaniya – 8-5-1 (14)
2. Norvegiya – 8-3-6 (17)
3. AQSh – 5-5-1 (11)
4. Niderlandiya – 5-4-2 (11)
5. Shvetsiya – 5-2-3 (10)
6. Avstriya – 4-6-4 (14)
7. Xitoy – 4-3-1 (8)
8. ROQ – 3-4-6 (13)
9. Italiya – 2-5-4 (11)
10. Yaponiya – 2-3-5 (10)