12 Fevral 2022 2485

Slalomchilarimiz yilning muhim startlariga Turkiyada tayyorlanishmoqda

Ayni kunlarda Turkiyaning Rizo shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha terma jamoamiz vakillari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishmoqda. Yig‘inga 9 nafar vakilimiz jalb qilingan.

Ushbu yig‘in joriy yil bo‘lib o‘tadigan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari uchun tayyorgarlik yo‘lida muhim bosqich vazifasini o‘tab beradi.

“Yig‘in ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda. Sportchilarimizning barchalari salomat va bor kuchlari bilan mashg‘ulot olib borishmoqda. Bizni oldinda Osiyo chempionati, Jahon kubogi va Osiyo o‘yinlari kabi muhim startlar kutib turibdi. Shu bois yig‘inda mazkur musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilganmiz. Atletlarimizning ovqatlanishidan muammo yo‘q. Vitaminizatsiya jarayoni ham birdek olib borilmoqda”, – deydi terma jamoa bosh murabbiyi Rustam Ro‘ziyev.

3 fevralda boshlangan yig‘in 26 fevralga qadar davom etadi.

Text to speech