MOQ rahbari “Fujairah Open” qahramonlari bilan suhbatlashdi
6 fevral kuni BAAning Fujayra shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada taekvondochilarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashgan edi. Bugun MOQ rahbari ushbu turnir qahramonlari bilan yaqindan suhbatlashdi.
Uchrashuvda "Fujairah Open” qahramonlari bilan bilan birga bir qator yoshlar ham ishtirok etishdi. Suhbat davomida MOQ rahbari taekvondochilarimizni yanada ruhlantirib, yangi marralarni zabt etishga chorladi.
“Yilni ko‘tarinki kayfiyatda boshlab oldik. Keyingi musobaqalarda ham shunday yuqori natijalar ko‘rsatishingizni tilaymiz. Olimpiya o‘yinlari ko‘rsatdiki, bizda ajoyib jamoa shakllangan. Murabbiylarimiz Sizlarga bor bilimlari, mehrlarini berishga tayyor. Davlatimiz bizni qo‘llab-quvvatlaydi va barcha sharoitlarni yaratib beradi. Qolgani o‘zimizning qo‘limizda”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.
Suhbat davomida murabbiylar shtabi va shifokorlar bilan taekvondochilarimizning salomatligi, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining rejasi haqida fikr almashildi. MOQ rahbari bu bo‘yicha batafsil ma’lumot olib, qo‘shimcha tavsiyalar berdi. Shundan so‘ng taekvondochilarimiz navbatdagi mashg‘ulotlarini olib borishdi.