Xirano va Lara uchinchi Olimpiadalarida oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarining yettinchi kun bellashuvlari davom etadi. Hozirga kelib, kunning 5 dasturida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Dastlab snoubord bahslarida yaponiyalik Ayumu Xirano g‘alaba qozongan bo‘lsa, tog‘ chang‘isi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi super gigant yo‘nalishida shveysariyalik Lara Gut-Behrami eng yaxshi natijani qayd etdi. E’tiborlisi, shu paytgacha Ayumuda Olimpiadaning 2 ta kumush, Larada esa 2 ta bronza medallari bor edi. Bugun ular uchinchi bor ishtirok etayotgan Olimpiya o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, bir oz avval yakuniga yetgan chang‘i poygasi bo‘yicha 15 kmli poygada finlar Pekindagi dastlabki oltin medaliga ega bo‘ldilar. Iivo Niskanen murosasiz poygada o‘zining Olimiadalardagi uchinchi oltin medalini rasmiylashtirdi. Shu va boshqa yo‘nalishlardagi natijalar:
Snoubord. Erkaklar, xafpayp
1. Ayumu Xirano (Yaponiya)
2. Skotti Jeyms (Avstraliya)
3. Yan Shirer (Shveysariya)
Tog‘ chang‘isi. Ayollar, super-gigant
1. Lara Gut-Behrami (Shveysariya)
2. Miryam Puxner (Avstriya)
3. Mishel Gizin (Shveysariya)
Chang‘i poygasi. Erkaklar, klassik yurish (15 km)
1. Iivo Niskanen (Finlyandiya)
2. Aleksandr Bolshunov (ROQ)
3. Yoxannes Klebo (Norvegiya)
Biatlon. Ayollar, sprint.
1. Marte Roiseland (Norvegiya)
2. Elvira Oberg (Shvetsiya)
3. Doroteya Virer (Italiya)
Konkida yugurish. Erkaklar, 10 000 metr:
1. Nils van der Poyel (Shvetsiya)
2. Patrik Royest (Niderlandiya)
3. Davide Jiotto (Italiya)