11 Fevral 2022
1703
Chirchiqda yosh dzyudochilarimiz yig‘in olib borishmoqda
Tohir Fayziyev murabbiyligidagi dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Chirchiq shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazyapti.
18 fevralga qadar davom etadigan ushbu yig‘inga terma jamoamizning 60 (35 o‘smir, 25 qiz) nafar dzyudochisi taklif etilgan. Ushbu mashg‘ulotlar mart oyidagi xalqaro musobaqa bilan birga shu oy so‘nggida Navoiy shahrida o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab bermoqda.
Navbatdagi kun mashg‘ulotlarini O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari Zafar Qahramonov bevosita «Kimyogar» sport majmuasida kuzatib bordi.