11 Fevral 2022 2207

Farg'onada Oliy sport mahorati instituti tashkil etiladi

Prezidentimiz ilgari surayotgan mamlakatimizda sog'lom turmush tarzi targ'ibotini kuchaytirish, bu borada malakali kadrlarni tayyorlash yo'lida muhim qadamlar qo'yilmoqda. Farg'ona viloyati misolida ana shunday ahamiyatli dasturlarni alohida aytib o'tish o'rinli.

Viloyat turizm va sport bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha, 2022/2023-o'quv yilidan boshlab viloyatda Oliy sport mahorati instituti tashkil etiladi. Unda Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kollejlarini bitirgan, Olimpiya sport turlari bo'yicha Milliy terma jamoa a'zolari o'qishlari mumkin. Ular natijalariga qarab selektsiya bo'yicha davlat granti asosida qabul qilinadi. Saralash 2022-yilning 1-avgustidan boshlanadi.

Text to speech