11 Fevral 2022 1763

Popda kamondan otish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 1-sonli BO‘SMda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda kamondan otish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar ustozlari tomonidan berib borilayotgan saboqlarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini va o‘zlarining merganlik mahoratlarini namoyon qildilar.

Tadbir yakunida musobaqa g‘oliblari sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandilar. Ushbu musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad uyushmagan yoshlarni birlashtirish, sport maktablari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish uchun imkoniyat yaratish barobarida iqtidorli yoshlarni saralab olishdir.

Text to speech