13 Iyul 2021 1017

Shifokorlarimiz Dukentda sportchilarimizning salomatligini tekshirishdi

2021-yil 10-13-iyul kunlari Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi xodimlari Toshkent viloyati Dukent qo'rg'onida joylashgan sport bazasiga tashrif buyurishdi. Markaz xodimlari tomonidan sport bazasining sanitariya-epidemiologik holati barqarorligi, sportchilarimizga yaratilgan sharoitlar, ularning ovqatlanish rasioniga rioya qilinishi o'rganildi. Shuningdek, emlash oldi tadbirlari o'tkazildi va sportchilardan SOVID-19 tahlili uchun namunalar olindi.

Text to speech