26 Iyul 2021
1418
RSTIAM shifokorlari Tokio-2020 Olimpiya uyinlarida sportchilar bilan yonma-yon kurashishmokda
Sportchining har qanday yutug‘i nafaqat shaxsiy ahamiyatga ega, balki umummilliy boyligimizdir! Har bir sportchi va uning muvaffaqiyatlari ortida turli kasb egalari jamoasi turadi.
Murabbiy bilan bir qatorda sport shifokorlarining o‘rni beqiyos. Ular atletning ortida kamtarona turadilar, ba’zan ularning mehnatlari ko‘zga ko‘rinmaydi ham. Shifokor sportchi g‘alaba qozonganida musobaqa shohsupasiga birga chiqmaydi. Ammo doimo uni yonida turib qo‘llab-quvvatlaydi, jarohat olganda sog‘ayishi uchun bir tanu bir jon bo‘lib harakat qiladi. Sport shifokori yutuqlar va muvaffaqiyatlar tarixini yaratishda o‘z hissalarini qo‘shuvchi insondir. Bizning sport shifokorlarimiz — rekord va g‘alabalar yaratuvchilari!