FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 Fevral 2022 6809

Sport shifokorlari atletlarimizga xizmat ko‘rsatish borasida fikr almashishdi

Sportchilarimizga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan katta ishlar olib borilmoqda. Bugun ZOOM platformasida o‘tkazilgan tadbirda sohadagi bir qator masalalar sport shifokorlari davrasida muhokama qilindi.

Dastavval Bioboshqarishni tekshirish usullari hamda ushbu uskunadan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirib kelgan tibbiyot fanlari doktori, nevrolog Ziyoda Akbarxo‘jayeva o‘z malakasi bilan bo‘lishdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Qayd etish joiz, yig‘ilishda federatsiyalarimizda faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari ham ishtirok etishdi. Kun tartibidan o‘rin olgan ikkinchi masalaga muvofiq, shifokorlar sportchilarimizga xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, tibbiy ta’minot va ularga e’tiborni kuchaytirish, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashishdi.

Text to speech