FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 Fevral 2022 4615

“Ichan qal’a”da ommaviy sport bayrami

Yurtimiz har qanday insonni o‘z go‘zalligi bilan lol qoldiradigan tarixiy obidalarga boy. Ulardan biri Xiva shahridagi jahonga mashhur “Ichan qal’a” majmuasi. Mahalliy mutasaddilar uning qarshisida, aniqrog‘i “Ochiq osmon ostidagi muzey” nomi bilan mashhur maskanda viloyat yoshlari uchun chiroyli ommaviy sport bayramini tashkil etib berishdi.

Ota darvozasi oldida o‘tgan tadbirda sportga oshno tutingan ko‘plab yoshlar taekvondo, o‘zbek milliy kurashi kabi yo‘nalishlarda ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etishdi. Shubhasiz, bunday tadbir shahar aholisi, ayniqsa, yoshlarning e’tiborini o‘ziga tortdi. Ta’kidlash joiz, bu kabi ommaviy tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi uyushmagan yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishi, qolaversa sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech