10 Fevral 2022 2569

Navoiyda yangi dzyudo zalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Navoiy shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida yangi bunyod etilgan dzyudo zalining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvohidov, Xalq ta’limi vaziri B.Saidov, Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari S.Mirzayev hamda mas’ul tashkilot a’zolari ishtirok etishdi.

Bugungi kunda Navoiy viloyatida 1100 nafardan ziyod yoshlar sportning dzyudo sport turi bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, ularning 28 nafari O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish maqsadida qurilgan majmuada yoshlarimiz dzyudo bilan professional tarzda shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Tadbirda sportchi yoshlar o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan barcha mehmonlarga yanda ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Shuningdek, ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Text to speech