10 Fevral 2022 1843

Buxoroda kurash bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazilmoqda

Ayni daqiqalarda Buxoro shahridagi “Humo” sport majmuasida o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda. Kattalar o‘rtasida tashkil etilayotgan ushbu musobaqa viloyat terma jamoasini shakllantirib olish yo‘lida muhim ahamiyatga ega.

Bellashuvlar erkaklar va ayollar o‘rtasida 7 tadan, jami 14 vazn toifasida bo‘lib o‘tmoqda. Qayd etish joiz, kurash bo‘yicha Buxoro maktabi Respublikamiz miqyosida yetakchilar qatoridan o‘rin egallaydi. Shu bois har bir vazn toifasidagi sportchilar o‘zlarining kuchli texnikalari bilan yaqqol ajralib turishibdi.

Musobaqa natijalari bilan kelgusi xabarlarimizda tanishtiramiz.

Text to speech