Jizzax viloyati hokimidan shaxsiy namuna
Ma'lumki Jizzax viloyati mamlakatimizda yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda alohida o'rin tutadi. Hududda muntazam ravishda ommaviy sport tadbirlari, turnir va musobaqalar o'tkazib kelinmoqda. Bu bejiz emas albatta. Viloyat hokimi Ergash Saliyev sportning haqiqiy jonkuyari va fidoyisi ekanligi ko'pchilikka yaxshi ma'lum.
Ergash Alibekovich muntazam ravishda turli musobaqa va o'rtoqlik uchrashuvlarida shaxsan qatnashib, sog'lom turmush tarzi targ'ibotida shaxsiy namuna ko'rsatib kelgan. Ayniqsa futbol va futzalning haqiqiy ishqibozi bo'lgan viloyat hokimi bu safar Jizzax viloyati IIB hamda "Politexnika" jamoalari o'rtasida kechgan futzal o'yinida bevosita ishtirok etdi.
Do'stona ruhda kechgan uchrashuv 6:1 hisobida "Politexnika" jamoasi g'alabasi bilan yakuniga yetdi. E'tiborlisi, viloyat hokimi o'yin davomida raqib darvozasiga bitta to'p kiritib, jamoadoshlari tomonidan yo'llangan yana ikkita golga assistentlik qildi.
Rahbarlarning sog'lom turmush tarzi targ'ibotida shaxsiy namuna ko'rsatishi tahsinga sazovor. Quyida ushbu uchrashuvdagi qiziqarli vaziyatlarni tomosha qilishingiz mumkin: