9 Fevral 2022 2216

Kun yakunida Germaniya “uloq”ni ilib ketdi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida beshinchi kun dasturidan o‘rin olgan barcha medallar o‘z egalarini topdi. Ahamiyatlisi, ushbu kun yakunida Germaniya umumjamoa hisobida yetakchilikni qo‘lga oldi.

Chang‘i ikkikurashi hamda chana sportida qo‘lga kiritilgan 2 ta oltin va 1 ta kumush medallari nemislarga barcha raqiblarni quvib o‘tish uchun yetarli bo‘ldi. Ular hisobida endilikda 5 ta oltin va 3 ta kumush medallari mavjud. Ikkinchi va uchinchi o‘rinda Norvegiya hamda Shvetsiya jamoalari turishibdi. Shuningdek, bugungi bahslarda Slovakiya, AQSh, Koreya Respublikasi jamoalari ushbu Olimpiadadagi birinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Kuchli o‘nlik:

Medallar jamg‘arish (oltin – kumush – bronza – jami)
1. Germaniya – 5-3-0 (8)
2. Norvegiya – 4-2-4 (10)
3. Shvetsiya – 4-1-2 (7)
4. Niderlandiya – 3-3-1 (7)
5. Xitoy – 3-2-0 (5)
6. Avstriya – 2-4-4 (10)
7. Italiya – 2-4-1 (7)
8. ROQ – 2-3-6 (11)
9. Sloveniya – 2-1-2 (5)
10. AQSh – 1-5-1 (7)

Text to speech