9 Fevral 2022 2601

AQSh dastlabki oltin medalini qo‘lga kiritdi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarining beshinchi kuniga kelib AQSh terma jamoasi o‘zining ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu jamoada kun qahramoni snoubordchi Lindsey Yakobellis bo‘ldi.

Kross big dasturida ishtirok etgan Lindsey ajoyib texnikasi bilan eng yuqori bahoni qo‘lga kiritdi. Kumush medal fransiyalik Xloya Trespeshga nasib etgan bo‘lsa, kanadalik Mereta Odayn kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Snoubord. Kross big, ayollar:
1. Lindsey Yakobellis (AQSh)
2. Xloya Trespesh (Fransiya)
3. Mereta Odayn (Kanada)

Text to speech