9 Fevral 2022 1103

Qoraqalpog‘istonning uch tumanida yangi BO‘SMlar ochiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining qaroriga binoan Respublikaning Ellikqal’a, Amudaryo va Qo‘ng‘irot tumanlarida Bolalar va o‘smirlar sport maktablari tashkil etiladi.

Rejaga ko‘ra, sport maktablari Amudaryo tumanida “Doslik” va “Chordara” MFY, Ellikqal’ada “Saribay” MFY, Qo‘ng‘irotda esa “Minjargan” MFY hududlarida faoliyatini boshlaydi.

Qayd etish joiz, qoraqalpog‘istonlik atletlar deyarli barcha sport turlari bo‘yicha terma jamoalarimizda muhim o‘ringa egalar. Tashkil etiladigan yangi maktablar hududlarda ommaviy sport targ‘ibotini kuchaytirish yo‘lida xizmat qilibgina qolmay, yangi, yosh va iqtidorli sportchilarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Text to speech