9 Fevral 2022 1519

Navoiyda badiiy gimnastika bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi

Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida Turizm va sport bosh boshqarmasi tashabbusi hamda viloyat gimnastika federatsiyasining yillik taqvim rejasiga asosan "2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturiga bag‘ishlangan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musoboqada Navoiy, Zafarobod shaharlari va Qiziltepa, Nurota, Karmana, Xatirchi, Navbahor tumanlaridan jami 56 nafar sportchi qizlar ishtirok etdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar va malakali hakamlar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Qayd etish joiz, mazkur musobaqada g‘olib bo‘lgan sportchilar viloyat terma jamoasi tarkibiga kirib, Respublika miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Text to speech