8 Fevral 2022 1847

Sharofiddin Lutfullayev surxondaryolik kollej o‘quvchilari bilan uchrashdi

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori, Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi Sharofiddin Lutfullayev Termiz Olimpiya zaxiralari kollejida sportchi-o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Kollejning faollar zalida tashkil etilgan davra suhbatida sportchi-o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. O‘z o‘rnida Lutfullayev sportda katta yutuqlarga erishish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berdi.

Eslatib o‘tamiz, Sharofiddin Lutfullayev Tokio Olimpiadasidan so‘ng professional sportdagi faoliyatini yakunlab, murabbiylikni boshlagan edi. U hozirda Surxondaryo viloyati terma jamoasi murabbiyi sifatida ishlayapti.

Text to speech